Bu haqda IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatida yashovchi 23 yoshli M.I. oʻzining bank kartasidan 2.000.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini haqida IIOga murojaat qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi X.U. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, X.U. hech qanaqa ijarachi uchun uy-joyi mavjud emasligi, Telegram guruhida soxta eʼlon joylashtirib, “oʻz xonadonimni arzon narxda ijaraga beraman“ deb jabrlanuvchi M.I.ning ishonchiga kirish orqali oldindan toʻlov sifatida oʻzining plastik kartasiga 2.000.000 soʻm pullarni oʻtkazib olgan va uning qoʻngʻiroqlariga javob bermay uni qora roʻyxatga kirgizib quyganligini maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan X.U.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g“ bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.