Maʼlumki, hozirgi pandemiya davrida ayrim oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joylarida xorijiy talabalar istiqomat qilmoqda. Toshkent davlat pedagogika universitetining 10-sonli talabalar turar joyida 27 nafar xorijiy talabalar istiqomat qilmoqda. Bu talabalar uchun har kuni soat 10.00dan 16.00gacha shifokor koʻrigi tashkil etilgan. Xorijiy talabalar ham universitet tomonidan tashkil etilgan onlayn mashgʻulotlarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Boʻsh vaqt bu imkoniyat, undan samarali foydalanish lozim. Ayniqsa, pandemiya davrida bu muhim. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yozgi taʼtil va pandemiya davrida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida oʻziga xos maʼnaviy-maʼrifiy, sport sogʻlomlashtirish onlayn loyihalarini boshladi. Bunda nafaqat universitet talabalari, balki respublikamizdagi barcha yoshlar masofaviy ishtirok etishlari mumkin.

Tashkil etilayotgan loyihalar yoshlarning jismoniy, ijodiy, psixologik, ilmiy va aqliy jihatdan yetuk boʻlishlariga zamin yaratmoqda. Xususan, insonning jismoniy tetik va sogʻlom boʻlishi uchun mahoratli trener va mutaxassislar tomonidan har kuni ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etilmoqda. Fitnes mashgʻulotlari, harbiy tayyorgarlik jismoniy mashqlari, profilaktika uchun nafas olish mashqlari, yoga mashgʻulotlari, sport gimnastikasi, halqa (obruch) yoki arqon yordamidagi jismoniy mashqlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, ingliz tilidan IELTS kurslariga tayyorgarlik boʻyicha ham onlayn darslar tashkil etilgan. Ushbu kurslarga nafaqat oʻzbek yoshlarining balki universitetda tahsil olayotgan xorijiy talabalarning ham qiziqishlari katta. Maʼlumki, hozirgi pandemiya davrida ayrim oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joylarida xorijiy talabalar istiqomat qilmoqda. Toshkent davlat pedagogika universitetining 10-sonli talabalar turar joyida 27 nafar xorijiy talabalar istiqomat qilmoqda. Bu talabalar uchun har kuni soat 10.00dan 16.00gacha shifokor koʻrigi tashkil etilgan. Xorijiy talabalar ham universitet tomonidan tashkil etilgan onlayn mashgʻulotlarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Yoshlarning ijodiy qiziqishlarini inobatga olgan holda “tasviriy va amaliy sanʼat boʻyicha talabalar turar joyi yoshlari uchun masofa saqlagan holda hamda boshqa hududlardagi talabalar uchun onlayn tarzda mahorat darslari tashkil etilmoqda. Bular bilan birgalikda, psixologik treninglar ham muntazam tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, “Stressni boshqarish”, “Yoshlarda liderlikni shakllantirish”, “Ijobiy motivatsiyani shakllantirish usullari” boʻyicha yetuk psixologlar tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʻlgan “COVID-19 ga qarshi kurashish boʻyicha tibbiy-profilaktik onlayn tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir Sogʻliqni saqlash vazirligi Koronavirusga qarshi kurash shtabi hamda Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan hamkorligida oʻtkazildi.

Yaqinda universitet rektori Alisher Umarov talabalar bilan onlayn muloqot oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalasida yoshlardan takliflar olinib, bunda universitetda izlanuvchan, ilmga chanqoq talaba-yoshlar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha seminar-treninglar tashkil etish masalasi koʻtarilgan edi. Shunga asosan, hozirda universitetning yetuk olimlari, professorlar tomonidan ilmiy maqola va tezislar yozish tartibi, antiplagiatga izoh, plagiatga tekshirish metodologiyasi boʻyicha seminar-treninglar tashkil etilib kelinmoqda. Taqdimot tarzida tashkil etilayotgan ushbu seminar-treninglar barcha bosqichdagi talaba-yoshlar uchun moʻljallangan boʻlib, talabalar oʻzlari uchun zaruriy tavsiyalar va maʼlumotlarga ega boʻlmoqdalar.