Yurtimizda aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash darajasini oshirish maqsadida ijtimoiy dorixonalar tarmog'i tashkil etilib, farmasevtika mahsulotlarini belgilangan narxlarda sotish asosiy vazifa sifatida qayd etilgan. Qolaversa, dorilarni retsept bo'yicha sotish tartibini yo'lga qo'yish maqsad qilingan.

Bugungi kunda davlat sherikchiligi asosida “Farg'ona Dori-Darmon” AJ tomonidan 10 ta ijtimoiy markaziy dorixona, 1 ta Nazorat tahlil laboratoriyasi, dorixonalar omborxonasi hamda viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi davolash profilaktika muassasalarida 210 ta, jumladan, qishloq oilaviy poliklinikalarida 82 ta, qishloq vrachlik punktlarida 49 ta, ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarida 13 ta, shahar oilaviy poliklinikalarida 17 ta, shifokor xizmat uylari va tez tibbiy yordam shaxobchalarida 48 ta, DPMlarga yaqin hududlarda  13  ta,  jami   232 ta ijtimoiy dorixona va shaxobchalari bevosita tashkil etilgan. Bu esa aholiga yanada keng qulayliklar yaratadi. Chunki, tibbiyot muassasalari va ijtimoiy dorixonalar o'rtasidagi bog'liqlik tufayli shifokor retsept yozish jarayonida bevosita dorixonadagi mavjud dorilar ko'lamini inobatga oladi.

Jamiyatda maxsus jihozlangan “Isuzi” va 10 ta “Damas” rusumli avtomashinalarda ko'chma dorixona shaxobchalari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Ular yordamida viloyatning chekka hududlaridagi aholiga kerakli dori-darmonlar va tibbiy buyumlar etkazib berilmoqda. 2020-yilda ko'chma dorixona va shaxobchalari orqali chekka hududlardagi aholi 1.097.388,5 ming so'mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlandi.

“Farg'ona Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyatining omborxona va dorixonalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarni (2 ming dan ortiq nomdagi) arzon narxlarda doimiy mavjudligi aholi va sog'liqni saqlash boshqarmasi davolash profilaktika muassasalari uchun muhim ahamiyatga ega. Yildan-yilga farmatsevtika mahsulotlari bilan ta'minlash o'sib bormoqda. Jumladan, jami tovar aylanmasi 2019-yilda 52 mlrd, 2020-yilda  92,5 mlrd   2021-yil 1-yarim yillikda 38,2  mlrd. so'mni tashkil qildi.

Jamiyat Farg'ona sog'liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining asosiy ta'minotchisidir. 2020-yilda sog'liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga 42,6 mlrd. so'mlik,  2021-yil 1-yarim yillikda esa 16,8 mlrd so'mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar realizatsiya qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-sonli qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta'minlash huquqiga ega bo'lgan shaxslar toifalari ro'yxati tasdiqlangan bo'lib, ularning dori vositalari uchun sarflanadigan xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi. Bu toifalarga kiruvchi bemorlarga jamiyat tizimidagi dorixonalardan  2020-yilda 1,6 mlrd. so'mlik   (85 001 dona retsept ), 2021-yil 1-yarim yillikda  1,2 mlrd so'mlik (33 485 dona retsept) dori vositalari va tibbiy buyumlar bepul imtiyozli retseptlar bo'yicha berilgan.

O'tgan 2020-yil COVID-19 pandemiyasi davrida, koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish va davolash borasida “Farg'ona Dori-Darmon” AJ tomonidan   birinchi navbatda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida koronavirus infeksiyasini oldini olish va davolash uchun tasdiqlangan ro'yxatdagi 58 turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, antiseptik va dezinfektsiya vositalarining 3 oylik zahirasi yaratildi.

Jamiyat tomonidan 2020-yilda:

- viloyat SeOM orqali  DPMlarga  -  6,4 mlrd. so'm,

- viloyat SSB orqali DPMlarga -  875 mln so'mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar, antiseptik va dezinfektsiya vositalari bilan ta'minlandi.

Shu bilan bir qatorda koronavirus infektsiyasini oldini olish profilaktikasi uchun  dori-darmonlar to'plami (aptechkalar)

- kam ta'minlangan oilalarga, keksa va nuroniylar, jumladan urush katnashchilari, Front orti mehnatkashlari, baynalminal jangchilar, xalok bo'lgan harbiylar oilalari, mehnat va davlat mukofoti faxriylari, yolg'iz keksalar va boshqa yoshi ulug' nuroniylar uchun:

15 000 qadoqda 350 000 so'mdan — 5 250 000,0 ming so'm xalq ta'limi xodimlari uchun; 

50 000 qadoqda 35 000 so'mdan — 1 750 000,0 ming so'm shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga;

25 000 qadoqda  35 000 so'mdan  — 875 000,0 ming so'mlik dori-darmonlar to'plami (aptechkalar) etkazib berildi.

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan viloyatga ajratilgan 16 000 qadoqdagi dori-darmonlar to'plami (aptechkalar) ham viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasiga yetkazib berildi.