Majlisda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida byudjet daromadlariga belgilangan prognoz ko'rsatkichlari ijrosi va II chorakda kutilayotgan natijalar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Toshkent viloyati bo'yicha byudjet daromadlariga 2020 yilning I choragi uchun belgilangan 765 mlrd. so'm prognoz amalda 795 mlrd. so'mga (104%) bajarilib, qo'shimcha 30 mlrd. so'm tushum ta'minlangan. Joriy yilning I choragida tushumlar miqdori 2019 yilning mos davriga nisbatan 158,6 foizga oshgan.  

SHu bilan birga, majlisda ushbu yo'nalishda uchragan muammolar to'g'risida so'z yuritildi. Xususan, birinchi chorak bo'yicha umumiy prognoz bajarilgan bo'lsa-da, qo'shilgan qiymat solig'iga belgilangan 219 mlrd. so'm prognoz 14,7 mlrd. so'mga ta'minlanmagan.

Bundan tashqari, viloyatning barcha hududlarida tushumlarning o'sish sur'ati birdek ta'minlanmaganligi sabablari ko'rib chiqildi. Jumladan, Bekobod tumanida joriy yil I chorak yakunida o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 mlrd. so'mga (11 foizga) kam tushum ta'minlangan. Bunga  tumandagi “Dalvarzin paxta tozalash zavodi” AJ tomonidan byudjetga 2020 yil I choragida o'tgan yilga nisbatan 2,6 mlrd. so'm, qolaversa, 2019 yil oxirida boshqa hududga ko'chib ketgan “Zafar qurilish invest” MCHJ, “Bekobod YOdgor kurilish” MCHJ, “Sadaqayrag'och” MCHJ hisobiga kamayib ketganligi umumiy o'sish sur'atiga salbiy ta'sir ko'rsatgan.

SHuningdek, viloyatda ikkinchi chorakda qanday muammolar kutilayotganiga ham e'tibor qaratildi. Ta'kidlanganidek, mamlakatimizda koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida ayrim sohadagi tadbirkorlik sub'ektlari faoliyati majburiy tartibda vaqtinchalik to'xtatilganligi va ayrim sohadagilarida esa aylanma (realizatsiya) hajmi kamayganligi sababli dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra 9,7 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'ektlari hisobiga II chorakda byudjetga o'rtacha 260 mlrd. so'm (shundan mahalliy byudjetga 133,4 mlrd. so'm) tushumlar yo'qotilishi kutilmoqda.

SHu bilan birga, senatorlar Sirdaryo viloyatida byudjet daromadlariga belgilangan prognoz ko'rsatkichlari ijrosi va II chorakda kutilayotgan natijalarni ham muhokama qildi.

Qayd etilganidek, Sirdaryo viloyati bo'yicha byudjet daromadlariga 2020 yilning I choragi uchun belgilangan 151,0 mlrd. so'm prognoz amalda 167,7 mlrd. so'mga (111,1%) bajarilib, byudjetga qo'shimcha 16,7 mlrd. so'm tushum ta'minlangan. Viloyatda byudjet oldidagi boqimanda qarzdorlik 2020 yil 1 aprel` holatiga 26,0 mlrd. so'mni tashkil etib, chorak boshiga nisbatan 0,4 mlrd. so'mga kamaytirishga erishilgan.

Bundan tashqari, yanvar`-mart oylarida Davlat byudjetiga tushumlarni ko'paytirish va soliq solinadigan bazani kengaytirish yuzasidan hududiy moliya organlari tomonidan 2364 ta holatda 2077 mln. so'm byudjetga qo'shimcha xisoblanishi mumkin bo'lgan manbalarni aniqlagan holda hududiy davlat soliq inspektsiyalariga 80 marotaba yozma ravishda murojaat qilingan. Viloyat mahalliy byudjeti xarajatlarining 2020 yil I chorakda 289,2 mlrd. so'mi moliyalashtirilgan.

Buning barobarida, senatorlar birinchi chorak ijrosidagi muammolarni ham ko'rib chiqdi. Jumladan, I chorak bo'yicha umumiy prognoz bajarilgan bo'lsa-da, yirik soliq turlari daromadlari bo'yicha Er qa'ridan foydalanganlik uchun solig'iga belgilangan 740,0 mlrd. so'm prognoz 326,4 mlrd. so'mga ta'minlanmagan.

Respublika byudjetidan Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetiga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdori 351,9 mlrd. so'm etib belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati