Ta’lim tizimidagi muammolar muhokama qilindi

    Uchrashuvdan so’ng institutda tahsil oluvchi magistrantlar ishtirokida “Ta’lim jarayonidagi muammolar” (Challenges in Education) mavzusida suhbat darsi bo’lib o’tdi.

    Toshkentdagi Webster universiteti professori Basiyor Rodney hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

    Uchrashuv chog’ida ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, haligacha dolzarb muammo bo’lib turgan jihatlar va ularga yechim topish, hamkorlikda o’quv darsliklari va adabiyotlar yaratish, talabalar hamda professor-o’qituvchilar tajribasini oshirishda innovatsion va pedagogik texnologiyalarning o’rni kabi mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.

    Uchrashuvdan so’ng institutda tahsil oluvchi magistrantlar ishtirokida “Ta’lim jarayonidagi muammolar” (Challenges in Education) mavzusida suhbat darsi bo’lib o’tdi. Dars jarayoni qizg’in savol-javoblarga boy bo’ldi. Jarayon so’ngida kelgusida suhbat darslarini muntazam tashkil etishga kelishildi, deb habar beradi Samarqand davlat chet tillar instituti axborot xizmati.