Talimarjon IESning 2 ta bugʻ-gaz qurilmalarida toʻxtatilish yuzaga keldi

    Energetika 8 Yanvar 2021 674

    Energetika vaziri boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketdi.

    Bugun 8-yanvar kuni soat 10:27da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3- bugʻ-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati toʻxtatilgan.

    Buning natijasida, respublikaning ayrim hududlari boʻylab elektr energiyasi taʼminotida umumiy 446 MVt quvvatda cheklov kiritilmoqda.

    Energetika vaziri Alisher Sultanov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketdi.

    Hozirgi vaqtda yuzaga kelgan toʻxtatilish sabablari aniqlanmoqda.

    Energetika vazirligi Matbuot xizmati