Devorni taʼmirlash borasida hech qanday muammo boʻlmaydi. Buning uchun respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 1,0 mlrd. soʻm ajratildi, deya xabar beradi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning mart oyida tasdiqlangan “2022-yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining Manzilli roʻyxati”ga asosan mazkur obyektni taʼmirlash-tiklash ishlari Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Hozirda masʼul soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan ushbu obyektning loyiha oldi ishlari olib borilayotganini maʼlum qilindi.