Videoda "EUROASIA INSURANCE" AJda faoliyat olib boruvchi xodimning mijozdan pora olish jarayonlari aks ettirilgan.

Taʼkidlanishicha, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan ushbu sug‘urta tashkiloti xodimiga nisbatan tezkor xizmat tekshiruvi tayinlanib, qatʼiy intizomiy chora ko‘rilishini, shuningdek, tekshiruv natijalariga ko‘ra, jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, ayblanuvchini jinoiiy javobgarlikka tortish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga oid ko‘rsatma berilgan edi. 

Xizmat tekshiruvi xulosasiga asosan, sug‘urta tashkiloti tomonidan M. O bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi hamda sodir etilgan xatti-harakatlariga qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hujjatlar taqdim etildi.