Tadqiqotchilar kuniga kamida 10 ta sigaret chekadigan va tadqiqotdan 10 soat oldin chekmagan 16 kishini tekshirishdi. Ular uch guruhga boʻlingan.

Birinchisida koʻngillilar oʻn daqiqalik tez piyoda yurishdi, ikkinchisida ular yopiq yugurish yoʻlakchasida mashq qilishdi, uchinchisida esa hech narsa qilishmadi. Tamaki isteʼmoli, alomatlari va kayfiyat haqida treningdan oldin, mashgʻulot paytida va keyin soʻrov oʻtkazildi.

Maʼlum boʻlishicha, jismoniy faollik sabab ikkita guruhda ham chekishga ishtiyoq kamaygan. Bundan tashqari, ochiq havoda boʻlganlarga uyda oʻtirganlarga qaraganda sigaret kamroq kerak boʻlgan.

Olimlarning fikricha, jismoniy faollik ushbu yomon odatdan voz kechishning eng oson va eng qulay usuli hisoblanadi.