Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar А.А. va Sh.B. fuqaro М.Х.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti "Esse change" nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda "Toshkent-Vodiy" yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtotransport vositasida fuqaro А.А. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 37,1 mln soʻmlik jami 1 150 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Namangan shahrida yashovchi М.K.ga yetkazib berish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.