Bu haqda viloyat gubernatori Maksim Yegorov 28-iyun, juma kuni ertalab ma'lum qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.
Qayd etilishicha, Tambov viloyatining Michurinskiy okrugida neft omboriga uchuvchisiz uchish qurilmasi uchib kelgan.
Gubernatorning yozishicha, qurbonlar yo'q.
“Eng yaqin aholi punkti 3 kilometr uzoqlikda, agar zarurat tug'ilsa, aholi evakuatsiya qilinadi”, deb yozdi Yegorov rasmiy telegram kanalida.