Prezidentimizning 2021-yil 2-apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan “Real montaj” MCHJ tomonidan 1,487 million soʻmlik loyiha qiymatiga ega qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Maktab 1986-yilda qurilgan boʻlib, 624 oʻringa moʻljallangan.
Bilim dargohini qayta taʼmirlash natijasida oʻquvchilarga toʻla zamonaviy shart-sharoitlar yaratiladi.
Aytib oʻtish joizki, bugungi kunda obyektda 980 million soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, ichki pardozlash va tom qismini taʼmirlash 70 foizga, issiqlik taʼminoti 100 foiz bajarildi. Maktab yangi oʻquv yilida foydalanishga topshiriladi.
Mnajatdin QUTLIMURATOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.