Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda pudratchi “Taʼmirlash tiklash xizmati” DUK Oqoltin filialining sobiq rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, tumandagi “Yangi Davr” MFY hududida joylashgan koʻp qavatli uylarda 2019-yil davomida amalga oshirilgan taʼmirlash ishlarida haqiqatda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali oʻzganing 359,8 million soʻm mablagʻlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan DUK sobiq rahbari A.K. va boshqalarga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.