Hujayra terapiyasida organizmning biriktiruvchi to'qimalari asosini tashkil etuvchi kollagen oqsilini ishlab chiqaradigan va uning mustahkamligini ta'minlaydigan tirik fibroblast hujayralaridan foydalanadi. Odatda, bu hujayralar bemordan olinadi, laboratoriyada ko'paytiriladi, so'ngra shikastlangan to'qimalarga inyektsiya yo'li bilan yoki to'qima muhandisligining bir qismi sifatida – transplantatsiya paytida tananing shikastlangan qismini almashtirish uchun ishlatiladigan to'qima tarkibiga kiritiladi.

Fibroblastlardan foydalanish bilan bog'liq asosiy muammolardan biri keksa bemorlarda bu hujayralarning bo'linish tezligining pastligi hisoblanadi. Bundan tashqari, transplantatsiya paytida to'qimalarda yallig'lanish bilan kechadigan oksidlovchi stress natijasida hujayralarning muayyan qismi nobud bo'lishi mumkin.

Moskva fizika-texnika instituti, Rossiya Fanlar akademiyasining Moskva viloyati Pushchino shahridagi Hujayra biofizikasi instituti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Kulakov nomidagi akusherlik, ginekologiya va perinatologiya milliy tibbiy tadqiqot markazi olimlari fibroblast hujayra modifikatsiya texnologiyasini ishlab chiqishdi.

Ta'kidlanishicha, peroksiredoksin “ryukzaklar” qo'shilishi oksidlanish stressi sharoitida fibroblastlarning hayotiyligini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, fibroblastlarni tanaga yetkazib berishning bu usuli ularning harakatchanligini oshiradi va kollagen ishlab chiqarish qobiliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Tadqiqot mualliflarining fikricha, ushbu yondashuvdan foydalanish fibroblastlarning bemor organizmida yaxshiroq moslashishiga va transplantatsiya vaqtida ularning o'lishining oldini olishga imkon beradi, bu esa hujayra terapiyasi samaradorligini oshiradi.