“Hozirgi vaqtda BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasining Adaptatsiya jamgʻarmasi bilan hamkorlikda va BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda aholining eng zaif qatlamini iqlim oʻzgarishiga moslashishi va qurgʻoqchilikka tayyorligini oshirish hamda uning salbiy oqibatlarini yumshatishga yoʻnaltirilgan «Oʻzbekistonning qurgʻoqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xoʻjaliklarining iqlimiy barqarorligini taʼminlash” loyihasini qoʻllab-quvvatlamoqda.
Loyiha moslashish boʻyicha eng kechiktirib boʻlmas chora-tadbirlarga koʻproq ehtiyoj sezayotgan, mamlakatimizning iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlariga koʻproq moyil boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilmoqda.
Loyiha tomonidan suv tanqisligi va qurgʻoqchilik xatarini yuzaga kelishi haqida oldindan xabardor qilish tizimini rivojlantirish orqali iqlimga barqaror qishloq xoʻjaligini yuritishga oʻtishda, agro va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish, yaylovlar unumdorligini tiklash boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va tanazzulga uchragan 70 ming gektar yerda oʻrmon meliorativ ishlarini olib borishda mahalliy qishloq hamjamiyatlariga koʻmak berib kelmoqda».