Holat boʼyicha Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov maʼlumot berdi.

Taʼkidlanishicha, "Asad Algo" nomi bilan tanilgan 20 yoshli bloger vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Marhumning oʼlim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

"Natijasi boʼyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi", deyiladi xabarda.