Ushbu kitob “Ginnes”ning alternativi muqobili hisoblanadi.

Qayd etilishicha, u ushbu darslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga koʻra, mamlakatimizdagi oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini yanada oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, gender tengligini taʼminlash maqsadida tashkil etgan.

Bundan tashqari u, avvalroq, maktablarda “Moliyaviy savodxonlik fani”ning kiritilishini soʻrab Oʻzbekiston Prezidentiga taklif bilan chiqqandi. Hozirgi kunda 8, 9, 10, 11-sinflarga moliyaviy savodxonlik fanlari oʻtilmoqda.

Shohida Ibragimova Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori maslahatchisidir. Uning koʻp yillik mehnat va intilishlari inobatga olinib, “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.