Anjumanda soʻzga chiqqanlar jurnalistikaning shakllanishi, rivojlanish tarixi va unda Toʻgʻon Ernazarovning tutgan oʻrniga alohida toʻxtaldi.

Shuningdek, anjuman taniqli jurnalist haqidagi xotiralar, sohaga doir fikr-mulohazalar, jurnalist kadrlar tayyorlash, jurnalistika va qadriyatlar, bu boradagi xorijiy tajribalar kabi masalalar muhokamalariga boy boʻldi.

Tadbir doirasida talabalar bilan muloqot oʻtkazilib, mahorat maktablari faoliyati bilan tanishildi.

Hasan Abdunazarov