Xalqaro kinofestivalda O'zbekiston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Turkmaniston, Vengriya, Ukraina va boshqa mamlakatlardan 42 ta fil`m ishtirok etadi.

Festivalda O'zbekistondan Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, xalq artistlari Saida Rametova, Gavhar Zokirova, Dilorom Karimova, Tohir Saidov, shuningdek, mahoratli o'zbek aktrisalari Rayhon Ulasenova, Dilnoza Kubaeva, Nigina Anarboeva, Asal Shodiyeva, Sitora Farmonova, Shahzoda Muhammedova, kinoaktyor Rixsitilla Abdullaev va boshqa o'zbek kinoijodkorlari ishtirok etadi.

Festival` dasturiga ko'ra, o'zbekistonlik kinoijodkorlar bilan "O'zbek kino kunlari" ijodiy kechasi tashkil etiladi. Shuningdek, Turkiya kinoteatrlarida O'zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan "Xalq jasorati" (rej. Ali Hamroev), "Ilhaq" (rej. Jahongir Ahmedov), "Tutqunlik" (rej. Rashid Malikov)  kabi fil`mlarning prem`erasi o'tkaziladi.

Bundan tashqari, kinofestival` doirasida O'zbekiston va Turkiya kinematograflarining hamkorligini ta'minlash yuzasidan videomuloqot, badiiy va hujjatli fil`mlar hamda teleseriallar ishlab chiqarish bo'yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

Barno Ungboyeva,

kinoshunos