Oʻzlarining sharhlarida ular bolalar va yoshlar siyosatini global isloh qilish, taʼlim sifati va qulayligini oshirish, ilm – fanni rivojlantirish, va mamlakatning madaniy merosini asrab – avvaylash kabi tashabbuslarga alohida eʼtibor qaratishmoqda.

Oʻzbekiston madaniy merosini asrab – avvaylash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati kengashi aʼzosi, Mixo muzeyining (Yaponiya) maxsus tadqiqotchisi Sergey Laptev ushbu sohada islohatlar davom etayotganini taʼkidlab, oʻz maqolasida yosh avlodni oʻqitish, tarbiyalash va qoʻllab – quvvatlash borasida Oʻzbekiston rahbarining tashabbuslari xaqida toʻlqinlanib soʻz yuritgan.

– Maktabgacha taʼlim, oʻrta va oliy taʼlim sifatini oshirish, pedagog kadrlar darajasini oshirish va oʻqituvchi kasbining nufuzini oshirish uchun koʻp ishlar qilinishi rejalashtirilgan. Bu yerda oʻqituvchi, olim, xar doim jamiyatning eng obroʻli va xurmatli aʼzosi boʻlgan Oʻzbek xalqining merosi bilan bogʻliqlik kuzatiladi. Islohotlar Oʻzbekistonni yangi Renessans davriga nafaqat iqtisodiy, balki madaniy uygʻonishgacha olib borishi aniq. Taʼlim va ilm – fanning tiklanishi zamonaviy taraqqiyotning poydevor toshi boʻlib, bu yerda Oʻzbekiston alohida oʻringa ega boʻlishi quvonarlidir. Murojaatnomada eʼlon qilingan yangi stipendiyalar, talabalar va yosh olimlarni davlat tomonidan qoʻllab quvvatlanish dasturlari kelgusida oʻz mevasini berishi aniq. Kam sonli davlatlargina taʼlim olishga va aholining ilm-fanga boʻlgan intilishiga shu qadar koʻp mablagʻlar sarflashadi, – dedi Sergey Laptev.