Tanishining shaxsiy suratlarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan tovlamachi ushlandi

    Xavfsizlik 14 Avgust 2023 1755

    Qashqadaryoda fuqaro tanish qizining shaxsiy rasmlarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.N. “M.A.” ismli qizning shaxsiy foto va video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 400 AQSH dollarini talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-3-moddasi (shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.