Tanzaniyada ko'chki va suv toshqini oqibatida 47 kishi halok bo'ldi

    Tanzaniya shimolida sodir bo'lgan kuchli suv toshqini va ko'chki oqibatida kamida 47 kishi halok bo'ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi.

    Mamlakatning shimoliy qismida, Xanang tog'i yaqinida tabiiy ofat yuz berdi. Hududda infratuzilma va turar-joy binolariga ham zarar yetgan.

    Prezident Samiya Suluxu Hasan hodisani bartaraf etish uchun milliy xavfsizlik kuchlarini eng ko'p jabrlangan Xanang tumaniga yubordi.

    Sharqiy Afrika 2023-yilda qisman El-Nino sabab bo'lgan suv toshqinlari va ko'chkilardan jiddiy zarar ko'rdi.

    Tanzaniya meteorologiya agentligi bu oyda yog'ingarchilik davom etishi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi iz.ru.