Taraqqiyot dasturi xalqaro eksperti bilan uchrashuv

    Xalqaro hamkorlik 17 Sentabr 2021 1175

    2021-yil 16-sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi xalqaro eksperti Nelson Stratta bilan “Moliyalashtirishning kompleks milliy mexanizmi” yoʻl xaritasini ishlab chiqish masalalari yuzasidan maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

    Oʻzbekiston tomonidan maslahatlashuvni Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasi aʼzosi, Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E.Gadoyev olib bordi. Tadbirda Senat Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi M.Qodirxonova, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻlimi mudiri O.Izzatillayev, Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi Sh.Nazarov va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi ekspertlari ham ishtirok etdi.

    Jumladan, Oʻzbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish, uning amalga oshirilishi va unga erishishni monitoring qilish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, uchrashuv yakunida Oʻzbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirishda parlament rolini mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

    Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish jarayonida ilmiy-amaliy tavsiyalarning muhimligi alohida taʼkidlanadi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.