Bu haqda Mirobod tuman hokimligi xabar berdi.
Gastronomik koʻcha boʻylab foto-zonalar va yashil hududlar barpo etilgan, 39 ta kichik va 17 ta katta torsherlar oʻrnatilgan, 1 ta avtobus bekati qurilgan, 39 ta videokuzatuv kameralari va yuzni tanish tizimlari, 20 ta oʻrindiq va axlat qutilari oʻrnatilgan hamda wi-fi tarqatish tizimlari ham oʻrnatilgan.
Shuni alohida aytib oʻtish kerakki loyihaning ikkinchi bosqichda yashil zonalar koʻlamini kengaytirish, landshaftli dizaynlar yaratish, terassalar qurish, zamonaviy oʻrindiqlar oʻrnatish kabi ishlar amalga oshirilishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, gastronomik alleyada joylashgan tadbirkorlik subyektlari 24 soatlik ish rejimiga faoliyat yuritadi va yoʻlning oʻzi kechki soat 20:00 dan tonggi 06:00 gacha avtomobillar uchun yopiladi va piyodalar hududiga aylanadi.
Taras Shevchenko koʻchasida gastronomik alleyani barpo etish boʻyicha ishlar toʻliq yakunlanganidan soʻng ushbu manzilda transport qatnovi yuqorida koʻrsatilgan vaqtlarda qayta yoʻlga qoʻyilishini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.