Silk Road Samarkand sayyohlik majmuasida boʻlib oʻtayotgan VII Xalqaro kongressi doirasida “Kino va media olami: Merosga yangicha nigoh” xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda. Tadbirda Turkiy dunyo mamlakatlari kino tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini birlashtirish muhokama qilinmoqda. 

Konferensiya davomida Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi rahbari Furqat Usmonov nutq soʻzladi. Tadbirga Agentlik direktori oʻrinbosari Shuhrat Rizayev va TURKSOY bosh kotibining xalqaro kino boʻyicha maslahatchisi Mayra Karsakbayeva moderatorlik qildi. 

Shuningdek, Shuhrat Rizayev “Tarixiy filmlarni hamkorlikda ishlab chiqarish kinoloyihalari taqdimoti”ni oʻtkazdi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Oʻzbekiston tarixidagi buyuk shaxslar haqida 50 ta film suratga olinishini hamda bu boʻyicha ishlar boshlanganini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, konferensiyada TURKSOY mamlakatlarining boshqa vakillari Xojakuli Narliyev, Aydar Omarov, Bayrammuhamed Bayrammuhamedov, Akjol Bekbolatov, Milyausha Aytuganova va boshqalar ham oʻz chiqishlari bilan ishtirok etdi.