Tarixda ilk bor 6 nafar dzyudochi qizimiz litsenzion hududda

    Dushanbe Gran-prisidan soʻng Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan Parij-2024 Olimpiada reytingini eʼlon qildi.

    Unda Oʻzbekiston terma jamoasi uchun bir qator eʼtiborli faktlarni uchratish mumkin.

    Quvonarlisi, ayni holatga koʻra, jami 16 nafar dzyudochimiz litsenzion hududdan oʻrin olgan boʻlib, ularning 6 tasi ayollar terma jamoamiz aʼzolaridir. Ahamiyatlisi, shu paytgacha hech qachon bir vaqtning oʻzida 6 nafar dzyudochi qizimiz litsenzion hududdan oʻrin olmagan edi.

    Qolaversa, ushbu natija bilan aralash jamoaviy yoʻnalishda ham litsenziya talabini bajargan 12 jamoadan biriga aylandik. Afsuski, jarohati sabab musobaqalarni oʻtkazib yuborayotgan Sharofiddin Boltaboyev -81 kilogramm vazn toifasida litsenzion hududni tark etgan.

    -60 kg:
    1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 2310 ochko
    6. Dilshodbek Baratov – 1644

    -66 kg:
    1. Xifumi Abe (Yaponiya) – 2500 ochko
    17. Muhriddin Tilovov – 1034
    24. Sardor Nurillayev – 879

    -73 kg:
    1. Nils Shtamp (Shveysariya) – 2470 ochko
    6. Murodjon Yoʻldoshev – 1870
    8. Obidxon Noʻmonov – 1714
    11. Shahram Ahadov – 1460

    -90 kg:
    1. Luka Maysuradze (Gruziya) – 2800
    3. Davlat Bobonov – 2174 ochko

    -100 kg:
    1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 2715 ochko
    9. Muzaffarbek Toʻraboyev – 1289

    +100 kg:
    1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 2345
    2. Alisher Yusupov – 2310 ochko
    13. Shohruh Baxtiyorov – 1210

    Ayollar:
    -48 kg:
    1. Nasumi Sunoda (Yaponiya) – 2500 ochko
    28. Halimajon Qurbonova – 620

    -52 kg:
    1. Distriya Krasnichi (Kosovo) – 2855 ochko
    3. Diyora Keldiyorova – 2784
    12. Sita Qadamboyeva – 937

    -57 kg:
    1. Krista Deguchi (Kanada) – 3450
    27. Shukurjon Aminova – 710

    -70 kg:
    1. Saki Nizoye (Yaponiya) – 3450 ochko
    21. Gulnoza Matniyazova – 875

    -78 kg:
    1. Alis Bellandi (Italiya) – 3250
    27. Irisxon Qurbonboyeva – 479

    Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, bu Olimpiada reytingining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi. Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qitʼaviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan. Bir vaznda ikki yoki undan koʻp sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga koʻra tanlanadi.