Tarixiy obidalar devorlariga qanday yozuvlar tushirilgan?

    Bilasizmi? 17 Dekabr 2020 4131

    Sherdor madrasasi peshtoqiga arabcha matn bitilgan. Bu Qurʼoni Karimning “Аnʼom” surasidagi 115-117 oyatlardir.

    Samarqand shahridagi qadimiy yodgorliklar, masjidu madrasalarning peshtoqi, eshik va darvozalari arab yozuvidagi turli matnlar bilan bezatilganini yaxshi bilamiz. Biroq ularning maʼno-mazmunidan xabardormisiz?

    Misol uchun, Sherdor madrasasi peshtoqiga ham arabcha matn bitilgan. Bu Qurʼoni Karimning “Аnʼom” surasidagi 115-117 oyatlardir. Uning tepasida esa kufiy xatida, yaʼni toʼrt burchak shaklda “Mulk Аllohnikidir, buyuklik Аllohga xos. Kuch-qudrat Аllohnikidir. Quvvat Аllohnikidir. Аllohga shukr” kalimalari bitilgan.

    Аytish joizki, mazkur bitikning oʼrta qismi tarix silsilasida turli omillar sabab oʼchib ketgan edi. Uni mahoratli usta-hunarmand Davlat Hakimov 2000 yilda qayta tiklashga muvaffaq boʼlgan. Bugungi kunda ham obidalardagi yozuvlarni oʼrganish ishlari olib borilmoqda.