Yer yuzidagi eng qadimiy taroqlar baliq skeletlaridan tayyorlangan. Birinchi taroqlar qachon va qayerda tayyorlangani haqida aniq toʻxtamga kelinmagan, ammo Qadimgi Rim hududida olib borilgan qazishmalar vaqtida eng qadimgi taroqlardan biri topilgan. U hayvonning uzun suyagidan ushlagichli qilib tayyorlangan boʻlib, uning sakkizta tishchasi ham bor.
Ular bir-biridan 0,2 sm oraliqda joylashtirilgan. Keyingi davrlarda taroqlarni daraxtlar, marjonlar, fil suyaklari, toshbaqa kosalari va turli hayvonlarning shoxlaridan yasay boshlashgan. Taroq uchun ishlatilgan bu materiallardan XIX asr oʻrtalariga qadar keng foydalanishgan.
1869-yildagina ikki nafar aka-uka - Isayya va Jon Hayattlar selluloidni ixtiro qilishdi. Bu esa millionlab jonivorlarni butunlay yoʻq boʻlib ketishdan saqlab qoldi. Odamlar esa tashqi koʻrinishi xuddi marjonlar, fil suyagi va toshbaqa kosasiga juda ham oʻxshash materialdan taroq yasashda foydalana boshlashdi.