“COVID-19”ni boshdan oʻtkazib, tuzalayotgan odamlar uchun tarvuz juda foydali. Unda antioksidant himoya mavjud. Qolaversa, u S vitamini manbai hisoblanadi, deydi vrach-terapevt Yelena Tixomirova.

Mutaxassis tarvuz isteʼmol qilishda meʼyorga rioya qilish lozimligini ham qayd etdi. Uning fikricha, bir kunda isteʼmol qilinadigan tarvuz miqdori 500 grammdan oshmasligi kerak.

Pediatr Marina Lerman ham tarvuzning foydali xususiyatlari haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, tarvuz organizmdagi turli zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi. Shuningdek, yurak-qon tomir tizimini mustahkamlashda foydalidir.

Uning taʼkidlashicha, tarvuzni sut mahsulotlari, tuzlamalar hamda yogʻli mahsulotlar bilan birga isteʼmol qilmagan maʼqul. Bu ich ketishiga olib kelishi mumkin.