Unda keltirilishicha, tarvuz-qovundan zaharlanish oqibatida aholi vafot etish holatlari qayd etilmagan. Poliz mahsulotlarini isteʼmol qilish bilan bogʻliq oshqozon-ichak faoliyatining buzilish holatlari uchrab turishi mumkin va unga bir necha omillar sabab boʻladi.
odam organizmining oʻziga xos xususiyatlariga;
bir paytda isteʼmol qilish mumkin boʻlmagan mahsulotlarning aralashtirib isteʼmol qilinishi;
poliz mahsulotining eskirib qolgani (kesilgandan keyin uzoq vaqt turib qolgani);
ular tarkibida nitrat va nitritlarning meʼyordan ortiqligi va boshqalar.
Aholi poliz mahsulotlarini xarid qilishda quyidagilarga eʼtibor qaratishi zarur:
faqat ruxsat etilgan (savdo rastalari, bozor hududi, savdo majmualari) joylardan poliz mahsulotlarini xarid qiling;
poliz mahsulotlarni xarid qilish jarayonida laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtganligiga eʼtibor qarating;
katta (magistral) yoʻl yoqalari, aholi yashash mavzelarida sotilayotgan poliz mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtmagan boʻlishi mumkinligini unutmaslik kerak, — deyiladi xabarda.







