Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berishicha, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan ushbu loyihalarni moliyalashtirish maqsadida mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 18,2 milliard soʻm yoʻnaltirildi. Natijada mazkur 47 ta loyiha qoʻshimcha ravishda gʻolib deb topildi.
Amaldagi tartibga koʻra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha gʻolib loyihalarni eʼlon qilish vakolati berilgan.
Gʻolib loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.