Sirdaryo viloyati hokimligi rasmi
Tadbirda sakson nafardan ortiq sanoat sohasida, maishiy xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, shuningdek, fermer va hunarmandlar oʻzaro bellashdi.
Tanlov yakuniga koʻra, ishtirokchilar sanoat sohasida “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, xizmat koʻrsatish sohasida “Yilning eng yaxshi tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi hunarmandi” va “Yilning eng yaxshi fermeri” nominatsiyalari boʻyicha ishtirokchilar aniqlandi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri binosida boʻlib oʻtdi. Unda barcha ishtirokchilarga konsert dasturi namoyish etildi.