Maʼlum boʻlishicha, ovoz berish jarayoni 11-martdan 20-martga qadar davom etgan boʻlib, ushbu davrda fuqarolar tomonidan jami 10 million 284 mingdan ortiq ovoz berilgan.
Jarayon davomida 21 049 ta tashabbus kelib tushgan, shundan 17 424 tasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan.
Yakuniy natijalarga koʻra:
- 1 996 ta loyiha gʻolib deb topildi;
- shundan 1 980 tasi anʼanaviy, 16 tasi sheriklik loyihalar hisoblanadi.
Gʻolib loyihalarni amalga oshirish uchun jami 3 trillion 5 milliard 827 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.
Yoʻnalishlar kesimida eng koʻp loyihalar:
- ichki yoʻllarni taʼmirlash — 868 ta;
- maktablarni taʼmirlash va jihozlash — 566 ta;
- sogʻliqni saqlash muassasalarini taʼmirlash va jihozlash — 163 ta.
Ayrim hududlarda eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar gʻalabasi munosabati bilan aholi tomonidan bayramona tadbirlar, konsert va madaniy dasturlar tashkil etilgani ham qayd etildi.
Gʻolib loyihalar bilan Openbudget.uz sayti orqali tanishish mumkin.
Maʼlumot uchun, mazkur tashabbus doirasida fuqarolar mahalliy byudjet mablagʻlarining bir qismini taqsimlashda bevosita ishtirok etadi.