Qarorga koʻra, xalq vakillari va saylovchilar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 2026-yildan boshlab “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida gʻolib boʻlmagan loyihalarni deputatlar tashabbusiga koʻra gʻolib deb eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda:

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari har yili “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida tegishli saylov okruglarida gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda “Ochiq byudjet” axborot portalida tanlaydi;
  • deputatlar tomonidan tanlangan loyihalar “Ochiq byudjet” axborot portalida avtomatik ravishda gʻolib deb topiladi va ushbu loyihalar respublika byudjetidan moliyalashtiriladi.
  • Portalda deputat tashabbusi asosida moliyalashtiriladigan loyihalar uchun alohida sahifa tashkil etilib, shu turdagi barcha loyihalarning jamoatchilik uchun ochiq roʻyxati yuritiladi.

Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga bir yilda ikki mavsum uchun bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming baravari miqdorida (amalda 3,3 mlrd soʻm) mablagʻ har yilgi Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetida nazarda tutiladi.

Hujjatning toʻliq matni bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.