“Tashabbusli budjet” jarayoniga ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

    “Tashabbusli budjet” jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Yangi tartibga koʻra, har yili tuman va shaharlar byudjetida 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻlar rejalashtiriladi hamda 10 tadan ortiq loyihalar uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududning aholi sonidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.

    Shuningdek, oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtganligini inobatga olgan holda 2025-yil 1-mavsumdan boshlab moliyaviy mustaqil boʻlgan Oliy oʻquv muassasalarining “Tashabbusli budjet” jarayonlarida ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.

    Bundan tashqari, endilikda mablagʻlardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga koʻproq eʼtibor qaratish maqsadida “Tashabbusli budjet” jarayoni doirasida tashkilotlar tomonidan barcha turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini taʼminlashga oid jihozlar (radar, jamoat joylaridagi kuzatuv kameralari, svetoforlar), rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish ham taʼqiqlanadi.