Asosiy oʻzgartirishlar quyidagicha:

  • Loyihalar gʻolib deb topilishi uchun minimal ovozlar soni 50 ta etib belgilandi (bungacha 10 ta edi);
  • Jihozlash loyihalari uchun eng yuqori qiymat bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming baravari (824 mln soʻm) etib belgilandi (bungacha 4 ming baravar edi).

Quyidagi holatlarda “tanaffus” berish amaliyoti qoʻllanmaydigan boʻldi:

  • mahallalari soni 15 ta va undan kam boʻlgan tuman(shahar)dagi mahallalarga;
  • “TOP-100” talikka kirgan eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarga;
  • loyihani sheriklik asosida amalga oshirgan mahallalarga.

Bunda, loyiha kiritish imkoniyati cheklangan mahallalarga sherikchilik asosida loyihalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Ovoz berish bosqichi yakunlangandan soʻng, 10 kun davomida qoʻshimcha gʻolib loyihalarni aniqlash boʻyicha 5-bosqich oʻtkaziladi.

Qoʻshimcha gʻolib loyihalar quyidagi usullarda aniqlanishi mumkin:

  • Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining deputatlari gʻolib boʻlmagan loyihaga yetishmagan mablagʻni tuman byudjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan ajratish orqali;
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari – gʻolib boʻlmagan loyihalar orasidan bitta loyihani tanlash orqali.