Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumida ovoz yigʻishga majburlash holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlar statistikasini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, ovoz berish bosqichi davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunga qadar “1282” ishonch raqamiga ovoz yigʻishga majburlash holatlari boʻyicha jami 39 ta shikoyat kelib tushdi.
Bunda, eng koʻp murojaat kelib tushgan hududlar:
- Fargʻona viloyatida — 7 ta;
- Toshkent shahrida — 6 ta;
- Namangan va Jizzax viloyatlarida — 5 tadan.
Sohalar kesimida:
- umumtaʼlim maktablari boʻyicha — 19 ta;
- tibbiyot tashkilotlari boʻyicha — 16 tani tashkil etgan.
Eslatib oʻtamiz, kelib tushgan barcha murojaatlar koʻrib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat oʻz tasdigʻini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki gʻoliblar roʻyxatidan chiqarilishi mumkin.