баннер
12 Apr 2025
01:01

    “Tashabbusli byudjet“da 33 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topildi

    “Tashabbusli byudjet“ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga koʻra, gʻolib boʻla olmagan 33 ta loyiha uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratildi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼlum qilishicha, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan gʻolib boʻlmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 7,5 mlrd soʻm ajratilib, 33 ta loyiha qoʻshimcha ravishda gʻolib deb topildi.

    Maʼlumot uchun: amaldagi tartibga koʻra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha tarzda gʻolib loyihalarni eʼlon qilish vakolati berilgan.

    Gʻolib loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech