Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqaldi. Mazkur holatlar tegishli vakolatli organlar tomonidan oʻrganilib, haqiqatan ham ushbu maktabda xodimlar majburiy ovoz berishga jalb etilgani tasdiqlangan.
Shu munosabat bilan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur maktabda majburiy ovoz toʻplangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yuzasidan tegishli tuman Xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuborildi.
Eslatib oʻtamiz, “Tashabbusli byudjet“ jarayoni doirasida majburiy ovoz berishga jalb etish — majburiy mehnat sifatida tasniflanishi belgilangan. Ovoz toʻplashga majburlash holatlariga duch kelgan fuqarolar, zudlik bilan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 71 200-06-00 ishonch raqamiga qoʻngʻiroq qilishi mumkin.