“Tashabbusli byudjet”ga xakerlik hujumlari kuzatildi

    Raqamlashtirish 29 Avgust 2023 1018

    Texnik muammolar ovozlar sonini sun’iy ravishda ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga kelgan.

    “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2023-yil 2 mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 27-avgustdan boshlandi.

    Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari foydalanuvchilar tomonidan tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilayotgani bo‘yicha e’tirozlar bildirildi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qiligicha, ushbu holat ovozlar sonini sun’iy ravishda ko‘paytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yig‘ish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga kelgan.

    “Bu kabi urinishlarning oldini olish uchun qo‘yilgan cheklovlar natijasida axborot portalida bir qator uzilishlar ro‘y berdi”, deyiladi rasmiy xabarda.
    Hozirda barcha zaruriy texnik choralar ko‘rilib, axborot portali (https://openbudget.uz/) faoliyati mo‘’tadillashtirilgani ma’lum qilingan.