Oʻzbekistonda “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar qildi.

Ovoz berish jarayonlari 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Quyidagi usullardan biri orqali ovoz berishda ishtirok etiladi:

Vazirlikning xabar qilishicha, ayrim hududlarning ovoz berish bosqichida ishtiroki vaqtinchalik cheklanadi.

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan jami 21 049 ta loyiha kelib tushgan boʻlib, shulardan 17 390 tasi saralash bosqichidan ovoz berish bosqichiga oʻtkazildi.

Ammo Xorazm viloyati Urganch shahri, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Urganch, Xiva, Yangiariq tumanlari, Toshkent viloyati Zangiota tumani, shuningdek, Fargʻona viloyatining Fargʻona shahri va Navoiy viloyatining Gʻozgʻon va Navoiy shaharlarida loyihalar ishchi komissiya tomonidan asossiz ravishda rad etilgani yoki “Tashabbusli byudjet” mezonlariga zid loyihalar ovoz berishga oʻtkazilgani maʼlum boʻldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ) tomonidan loyihalarni amaldagi qonunchilikda belgilangan mezonlarga asosan qayta koʻrib chiqish yuzasidan soʻrovlar yuborilgan boʻlsa-da, tegishli tuman (shahar) ishchi komissiyalari tomonidan loyihalar qayta koʻrib chiqilishi taʼminlanmadi.

Shu munosabat bilan, ishchi komissiyalar tomonidan loyihalar amaldagi mezonlarga muvofiq, qayta koʻrib chiqilmagunga qadar ushbu tuman (shahar)larda loyihalarga ovoz berish bosqichi vaqtinchalik cheklanadi.