“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi

    Mamlakatimizda 15 Iyul 2023 1631

    Bu mavsum uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1 trln soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilishi kutilmoqda.

    2-mavsum 17-iyul kuni soat 10:00 dan start oladi.

    ▪️ 1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17-iyuldan 6-avgustgacha;
    ▪️ 2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 6-avgustdan 26-avgustgacha;
    ▪️ 3️-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26-avgustdan 15-sentyabrgacha oʻtkaziladi.

    Fuqarolar jarayonda ishtirok etish shartlari boʻyicha oʻzini qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishi mumkin.