“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 2-mavsumida targʻibot bosqichi boshlandi

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yil 2-mavsumi doirasida saralash bosqichi yakunlangani hamda targʻibot bosqichi boshlanganini maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, 2-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan 22 623 ta takliflar kelib tushdi hamda 18 656 ta taklif saralash bosqichidan oʻtkazildi.

    Saralashdan oʻtgan loyihalar uchun 19-21-avgust kunlari 3 kunlik targʻibot bosqichi oʻtkaziladi.

    Shundan soʻng, 22-avgustdan 31-avgustga qadar loyihalarga ovoz beriladi.

    “Oʻz hududingizdagi mavjud muammolarni hal etishda faol boʻling!” — deyiladi xabarda.