Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, jarayonlarda mamlakatimiz boʻylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 3,2 trln soʻmlik 2 369 ta loyiha gʻolib deb topildi!
Shu bilan birga, Quva tumanida fuqarolar majburiy ovoz toʻplashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz toʻplangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, oʻrganish natijalariga koʻra, mazkur tuman boʻyicha gʻolib loyihalar qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.
Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli byudjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol boʻlishingizni soʻrab qolamiz.
Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.