«Tashabbusli byudjet»ning gʻolib loyihalari eʼlon qilindi

    «Ochiq byudjet» portalida «Tashabbusli byudjet» jarayonining 2024-yildagi 1-mavsumi gʻolib loyihalari eʼlon qilindi.

    Unga koʻra, respublika boʻylab 2 254 ta mahalla boʻyicha jami 2 770 ta loyiha gʻolib deb topildi.

    Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 3,3 trln soʻm yoʻnaltiriladi.

    Maʼlumot uchun, ovoz berish jarayonlarida mamlakatimiz boʻylab 11,7 million nafar fuqaro ishtirok etdi.

    Shu bilan birga, Qiziltepa tumanida fuqarolar majburiy ovoz toʻplashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz toʻplangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, oʻrganish natijalariga koʻra, mazkur tuman boʻyicha gʻolib loyihalar qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.

    Gʻolib loyihalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.