Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada an'anaviy “TASHKENT BOOK FEST – 2020” II Xalqaro kitob ko'rgazmasi onlayn formatda - virtual 3D borliqda o'z ishini boshladi.
Uch kun davom etadigan ko'rgazmada 11 ta xorijiy davlatdan 20 nafar nashriyot-matbaa va kitob targ'iboti va savdosi, axborot-kutubxona mutaxassislari ishtirok etishadi.
“Tashkent Book Fest” xalqaro ko'rgazmasi doirasida 20 ta tadbirlar: jahon va mahalliy etakchi nashriyotlari va taniqli mualliflarning kitob taqdimotlari, davra suhbatlari, seminarlar, kitobxonlik tanlovlarini o'tkazish rejalashtirilgan.
Xalqaro ko'rgazma va uning doirasida o'tkazilayotgan tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumotlarni www.tashbookfest.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.
@aoka_uz