“Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi Markaziy Osiyo yurisprudentsiya sohasidagi yirik xalqaro tadbir bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida ikkinchi marotaba tashkil etilmoqda. Forumning maqsadi – huquqni rivojlantirish muammolariva zamonaviy tendentsiyalarini muhokama qilish uchun etakchi xalqaro va mahalliy ekspertlarni jamlagan holda ochiq muloqot maydonchasini yaratish, shuningdek, xalqaro huquq hamjamiyatini O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli huquqiy islohotlardan xabardor qilishdir.

Har bir mamlakat huquqiy axborot tarqatish orqali aholisining huquqiy madaniyatini oshirish hamda norma ijodkorligi bo'yicha o'z tajribasiga ega. Bugungi kunda davlat huquqiy siyosatini, jumladan, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga malakali yuridik yordam ko'rsatish borasida adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda.

Xalqaro forumda sessiyalardan tashqari davra suhbatlari ham o'tkazilmoqda.

Xususan, “Huquqiy axborot: zamonaviy muammolar va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi davra suhbati doirasida quyidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:

* huquq sohalarini raqamlashtirish jarayonida huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanish;

* davlat organlarida axborot ochiqligini ta'minlashning samarali vositalari;

* davlat axborot xizmatlaridan universal foydalanishni ta'minlashning zamonaviy mexanizmlari;

* huquqiy axborotni tarqatish, mazkur sohada tajriba almashish va xorijiy davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan bu borada hamkorlikni kuchaytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilish kabi masalalar muhokama qilinadi.

Davra suhbatida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori Furqat Tojiev “Huquqiy axborotni tarqatish sohasidagi islohotlar, shuningdek, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining yangi vazifalari xususida”, Qozog'iston Respublikasi Adliya vazirligi Qonun hujjatlari va huquqiy ma'lumotlar institutining RFB ma'lumotlar bazalarini shakllantirish departamenti direktori  Liliana Say  “Qozog'istonning huquqiy tizimlari: zamonaviy haqiqatlar” mavzusida, Qirg'iziston Adliya vazirligi Advokatlik va huquqiy targ'ibot departamentining etakchi mutaxassisi Qutman Kubatbekov “Qirg'izistonning huquqiy tizimlari: zamonaviy tendentsiyalar” mavzusida, Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligining Huquqiy axborot ilmiy markazining ilimy-texnik kengashi raisining o'rinbosari, texnika fanlari doktori, professor Mixail Cergin  “Zamonaviy muammolar va ularni Rossiya Federatsiyasining huquqiy sohasidagi raqamli transformatsiya yo'li bilan engish” mavzusida, ma'ruza qildi.

SHuningdek. Armaniston Adliya vazirligi Qonunchilikni rivojlantirish va huquqiy tadqiqotlar markazi direktorining o'rinbosari-eksperti Lilit Petrosyan  “Huquqiy hujjatlarga sharhlar ishlab chiqish faoliyati”, Belarus` Respublikasi Huquqiy axborotlashtirish boshqarmasi boshlig'i Aleksandr Brausov “Global raqamli transformatsiya davrida huquqiy ma'lumotlarga kirish: Belarus Respublikasi tajribasi”, Xitoy SHimoliy-G'arbiy institutining xalqaro huquq professori Xiumei Wangga ham huquq sohasini raqamlashtirishga oid mavzularda chiqish qiladi.