Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash, kelgusida bojxona sohasidagi oʻzgarishlar, qolaversa, Toshkent shahrida bu boradagi rejali amaliy ishlar tafsilotlari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahar bojxona boqsharmasining “Arkbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Oʻtkazilgan ochiq muloqotda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi Tolibjon Saidov soʻzga chiqib, Prezidentimiz tomonidan bojxona organlari belgilab berilgan vazifalar, xususan, bojxona tizimini “korrupsiyadan xoli” tizimga aylantirish eng ustuvor vazifa boʻlishi shartligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, bojxona qonunchiligidagi oʻzgarishlar, bojxona rasmiylashtiruvidagi yengilliklardan xabardor qilish hamda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida endilikda bojxona boshqarmasi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tadbirkorlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazib turilishi maʼlum qilindi.
Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi. Ularning sohani takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi.
Kelgusida tadbir tashkilotchilari tomonidan bu kabi samimiy ruhdagi uchrashuvlarni tez-tez oʻtkazib borishni oʻzlariga maqsad qilib belgilab olindi.