Boʻlajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlaydigan qoʻshma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari boʻyicha fikr almashiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.