Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Amerika hamkorligining ayrim jihatlari va boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali koʻrib chiqildi. Tomonlar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Oʻzbekistondagi missiyasi rahbari etib tayinlangan Mikela Meridit va AQSH Elchisining yangi oʻrinbosari Pol Polites ishtirok etdi.